...

02 Dek

Turkiyaning Ege universiteti va institutimiz professor-o'qituvchilari o'rtasida

2022-yil 2-dekabr kuni Jizzax politexnika instituti xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Turkiyaning Ege universiteti va Transport logistikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari o’rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muloqotda Ege universitetining Logistika boshqaruvi bo’limi boshlig’i professor Dr. Burcu Aracioglu va Iqtisodiyot fakulteti dekani muovini Dr. Ali Erhan Zalluhoglu ishtirok etishdi. Onlayn uchrashuv davomida ikki tomon o’rtasida rejalashtirilgan xalqaro loyihalar to’g’risida suhbatlashildi, shuningdek uchrashuvda kelgusida qilinadigan bir qator loyihalarni amalga oshirish haqida kelishib olindi.