...

07 Sen

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputatlari ma’ruza mashg‘uloti o‘tdi

Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetida talabalar uchun Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati, Sharof Rashidov tumani 1- sonli kasb hunar maktab direktori G.Mamarahimova hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati, Sharof Rashidov tumani 1- sonli kasb-hunar maktab Xodimlar bo‘yicha nazoratchisi Z.Razzoqova ma’ruza mashg‘uloti o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar o‘zining kasbiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdilar hamda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida gapirib, kelajak uchun bilim-salohiyatning katta ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Tadbir davomida viloyat Kengashi deputatlari tomonidan talabalarning savollariga batafsil javob berildi.