...

09 Sen

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun”

Yakunlanayotgan hafta davomida institutning barcha o‘quv auditoriyalarida “Mustaqillik darslari” tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida tashkil etildi.

Tanishuv haftaligida “Mustaqillik darslari”da ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarining mas’ul rahbarlari, yirik tadbirkorlar, institutda muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilar, mehnat faxriylari ishtirokida talaba-yoshlar bilan erkin muloqot va muhokama shakllarida olib borildi.

Shuningdek, mazkur mashg‘ulotlar institut rahbariyati ishtirokida tashkil etilganligi talaba-yoshlar uchun har tomonlama foydali bo‘ldi.

Mazkur haftalik davomida Zakovat intellektual o‘yini ham tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, barcha guruhlar jamoalari a’zolari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori kirish so‘zi bilan ochib berdi. S. Eshbekova o‘z so‘zida “Zakovat” intellektual o‘yini barcha fakultetlarning talabalari jamoalari kesmida reja-grafik asosida muntazam ravishda o‘tkazilib borishi, shuningdek intellektual o‘yinni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, javoblarni tahlil eta olish qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ekanligi ta’kidladi. Prorektor ishtirokchilarga omad tiladi.

Musobaqada jami 31 ta jamoa ishtirok etdi.

I o‘rinni «Beruniy» jamoasi;

II o‘rinni «Grinderfort» jamoasi;

III o‘rinni «Energetiklar» jamoasi egalladi.