...

01 Noy

Jizzax v. IIB YHXB boshlig‘i, Jizzax sh. IIB boshlig‘i hamda mas’ul xodimlar ishtirokida davra suhbati

Jizzax politexnika institutida Jizzax viloyat IIB YHXB boshlig‘i, Jizzax shahar IIB boshlig‘i hamda mas’ul xodimlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyat IIB YHXB boshlig‘i, polkovnik Husan Xolqo‘ziyev, Jizzax shahar IIB boshlig‘i Begzod Naimov, Jizzax YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Olimjon Yuldashev, Jizzax shahar YHXB boshlig‘i Begzod Abdullayev, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Institut psixologi O.Rajabov, fakultetlar dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, institut profilaktika inspektori mayor F. Normatov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kun tartibidagi masalalar bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan mutaxassis mehmonlarni ham tanishtirdi.

Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilariga ikkita videorolik namoyish etildi. Videoroliklarning birinchisida Jizzax viloyati yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan aynan talabalar ishtirokida aniqlangan piyodalar o‘rtasidagi qoidabuzarliklar haqida ma’lumotlar ko‘rsatildi.

Navbatdagi viderolikda Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi asosiy yo‘llardagi yo‘l transport hodisalari namoyish etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, talaba-yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatlari, is gazi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, tungi reydlar, Respublika miqyosida yo‘l transport hodisalarining piyodalar o‘rtasida, jumaladan, Jizzax viloyatida talabalar o‘rtasidagi holati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirda talabalarga maqsadsiz tungi payt ko‘chada yurish, turli qoidabuzarliklar, jinoyatlar sodir etish jinoiy javobgarlik belgilashga olib kelishini tushuntirildi. Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar yo‘llarda doimo xushyorlikni saqlagan holda harakatlanishi zarurligi alohida ta’kidlandi.