...

13 Sen

“Ajdodlar izidan” mavzusidagi nuroniylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida “Ajdodlar izidan” mavzusida nuroniylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax shahar H.Olimjon MFY mehnat faxriysi Do‘stmurod Nurmamatov, H.Olimjon MFY mehnat faxriysi Suyarqul Berdiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova ochib berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar o‘tgan uzoq hayot yo‘lini, tahsil olgan davrlarini va namunali mehnat faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirda yig‘ilgan yoshlarga qarata hozirgi vaqtdan unumli foydalanib qolish zarurligi, bu davrda olingan bilim va ko‘nikmalar kelajakda asqotishini, yoshlikni bekorchi vaqtlarga o‘tkazish nima oqibatlarga olib kelishi mumkinligini o‘z hayotiy tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Tadbir, keksa avlod vakillarining umriga umr qo‘shib, nafaqat oila a’zolari, balki jamiyat e’tibori, e’zozida bo‘lishini ta’minlaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, keksa avlod vakillarini e’zozlagan yurt hech qachon kam bo‘lmaydi.