Xabar berganimizdek, Jizzax politexnika institutida "Yoshlar kuni"ga bag'ishlab ko'plab onlayn tadbirlar tashkil qilinmoqda.

  Ma’lumki, har yili 30-iyun kunini — Yoshlar kuni sifatida yurtimizda keng nishonlash an’anaga aylanib ulgurgan.

 Jumladan, joriy yilning 29-iyun kuni soat 10:00 da Arxitektura va qurilish fakultetida ham Yoshlar kuniga bag‘ishlangan – “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida talabalar bilan ZOOM platformasi orqali onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir fakultet dekani A.Berdiqulovning fakultet talaba-yoshlariga tabrigi bilan boshlandi. Tadbir davomida fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Anarbayev, fakultet tyutori B.Inatov, fakultet kesimidagi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.Ziyayevalar hamda fakultet iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi N.Botirova, “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika maqolalar tanlovi g‘olibi J.Qurbonov, “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro tanlov g‘olibi I.Tolliboyev, hamda fakultet faol talabasi Sh.Primqulovalar talaba-yoshlarni 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tabrikladilar. Onlayn tadbirning ikkinchi qismida fakultet iqtidorli talabalarining badiiy ijod namunlari tinglandi.