...

06 Sen

Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikda huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov, Jizzax viloyati sudi raisi O‘tkirjon Jumayev, Jizzax viloyat sudining sudyasi Anvar Hamidov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sh. Rashidov sudining raisi Zokir Xudoyberdiyev, Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mavluda Xolbekova, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanobar Eshbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini talaba-yoshlarga tanishtirib o‘tdi.

S. Eshbekova hozirgi kunda institutda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi, reja asosida har bir fakultet dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar hamkorligida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha davra suhbatlari, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib kelinayotganligini ta’kidlab, ayrim statistik ma’lumotlarni keltirdi.

Navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi o‘rinbosari I. Muslimov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini mustaqilligimizning 32 yilligi bilan tabrikladi. O‘z so‘zida respublikamizning barcha hududlarida aholi bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini eshitib, uning huquqiy yechim topilishiga vositachi bo‘lib kelayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Shuningdek, I. Muslimov yoshlarga murojaat qildi.

“ —  Aziz yoshlar sizlar ham avvalo yaxshi o‘qing va o‘z kasbingizning mohir ustasi bo‘lib yetishing, buning uchun sizlarda imkoniyatlar yetarli.” deya, o‘z so‘zini yakunladi.

Tadbir yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.