...

17 Iyn

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining yillik ish faoliyati yakuniga oid hisobotining taqdimoti

Institut rektorining 2023-yil 10-iyunda tasdiqlangan 129-AF son “2022-2023-o‘quv yili yakuniga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning yillik faoliyatini baholash hamda institut kafedralarining yillik hisoboti bo‘yicha taqdimotlarini qabul qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining yillik ish faoliyati yakuniga oid hisobotining taqdimoti o‘tkazildi. Unda taqdimotni qabul qilish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni institut o‘quv ishlari prorektori G‘.Egamnazarov kafedra haqidagi o‘z fikrlarini qayd etish bilan boshlab berdi hamda yuklatilgan vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Shundan so‘ng kafedra yillik ish faoliyatiga oid hisobot taqdimotini bayon etish uchun so‘zni kafedra mudiri X.Xamdamovaga berdi. X.Xamdamova 2022-2023-o‘quv yili yakuniga ko‘ra kafedraning yillik ish faoliyati, professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird bo‘limlariga oid masalalardagi olib borgan ishlari, erishilgan yutuqlar, kelajakdagi reja va vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Taqdimotdan so‘ng kafedra mudiriga ishchi guruh a’zolari tomonidan savollar berildi, shu bilan birga, kafedra ish faoliyatiga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirdilar. Hisobot tanqidiy ruhda olib borildi, soha prorektorlari va bo‘lim boshliqlari tomonidan kafedraning ish faoliyati qoniqarli ekanligi ta’kidlandi, shu bilan birga, kelajakda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.