Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati tashabbusi bilan “Oliy ta’lim muassasalarida Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida OTM matbuot kotiblarining birinchi respublika forumi tashkil etildi. Forum matbuot xizmati faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik Axborot xizmati xodimlari, yuzga yaqin OTM matbuot kotiblari, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Forum davomida ishtirokchilar uchun seminar-trening va Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan master-klass tashkil etildi. Seminarda ekspertlar tomonidan axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, matbuot kotibining vazifalari va ularni amalga oshirish, OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, OTM matbuot kotiblari o‘zlari duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rtaga tashlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislardan maslahat olishdi. P.S.: Forumda Jizzax politexnika instituti Axborot xizmati rahbari-Matbuot kotibi Jahongir Tulakov ham ishtirok etdi.