...

02 Sen

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining buyrug‘i asosida dam olish kunlari mahalliy sayohatga chiqish grafigi tasdiqlandi.

Ushbu grafikka asosan, joriy yilning 1-2 sentyabr kunlarida institutimizning bir guruh nuroniy professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida Buxoro viloyatining diqqatga sazovor bo‘lgan madaniy meros va ziyoratgoh joylariga sayohat tashkil qilindi.