...

17 Sen

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovida ishtirok eting!

1. Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar toifasiga quyidagi talablar belgilanadi:

👉 birinchi kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan bo‘lishi;

👉 o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oid konferensiya (tanlov)larda ishtirok etgan bo‘lishi;

👉 o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos kamida ikkita ilmiy tadqiqot ishi (asar)ni e’lon qilingan bo‘lishi;

👉 davlat tili bilan bir qatorda kamida bitta xorijiy tilni (MDH mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) va O‘zbekiston tarixini bilishi lozim.

2. Talabgorlarga tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uning o‘qish davridagi yutuqlari, jumladan, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganligi, namunali xulq-atvorga, sohasi bo‘yicha zarur bilimga hamda respublikada olib borilayotgan islohatlarga o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildira olish ko‘nikmalariga ega ekanligi kabi shaxsiy fazilatlari bo‘yicha tavsifnoma beriladi.

3. Talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “prezidentgranti.edu.uz” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

4. Talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning hujjatlari oliy ta’lim muassasasi tomonidan 2-oktyabrdan 10-oktyabrgacha jamlanadi.

5. Talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning quyidagi hujjatlari oliy ta’lim muassasasining mas’ul xodimi tomonidan 15-oktyabrga qadar “prezidentgranti.edu.uz” elektron tizimiga kiritiladi (yuklanadi):

👉 fuqarolik pasporta yoki ID kartasi nusxasi;

👉 reyting daftarchasi yoki transkript yoxud baholash qaydnomasidan ko‘chirma nusxasi;

👉 o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oid konferensiya (tanlov)larda ishtirok etganligini asoslovchi xujjat nusxasi (sertifikat);

👉 o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos e’lon qilingan kamida ikkita ilmiy-tadqiqot ishi (asar)ning ro’yxati va nusxasi;

👉 o‘qish davridagi yutuqlari, jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi yutuqlarini asoslovchi hujjat nusxasi.

6. Talabgorlar uchun xorijiy til va O‘zbekistan tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan maxsus test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Jizzax politexnika institutidan mas’ul xodimlar:
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Berdiyorov;
Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Mustafaqulov;
Murojaat uchun: Jizzax politexnika institutining bosh binosi 314-xona, telefon: +998915912225