Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan talabalarning qishki ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va shu bilan birga barcha fakultet tyutorlarining bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsadida tyutorlik soatlari o‘quv-seminarlari tashkil etilayotganligi haqida maʼlum qilgan edik . Ushbu o‘quv-seminarlari belgilangan grafik asosida har kuni boʻlib oʻtmoqda. Bugun 11-yanvar kungi o‘quv-seminarida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova, dekan o’rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusidagi o‘quv-seminarida “Sanoat texnologiyalari” fakulteti tyutorlari ma’ruza qildilar. Ma’ruzachilar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblanadi. Chunki, bu davlat rahbari – Prezidentni saylash bilan bog‘liq o‘ta mas’uliyatli jarayondir. Zero, mamlakatimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi davlat rahbari lavozimiga eng munosib nomzodni saylash hamda bu jarayonda saylovchilar qabul qiladigan qarorga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni demokratik tarzda ochiq va oshkora o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O’tgan 2021-yilning 24-oktabrida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi milliy saylov amaliyoti va xalqaro saylov me’yorlariga mos ravishda qabul qilingan saylov qonunchiligi asosida o‘tkazildi. - deya taʼkidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonunchilik hujjatlari tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari va shu kabi zarur boʻlgan ma’lumot berildi. Suhbat so’nggida tyutorlar bilan savol-javoblar tashkil etildi.