Bugun, 12-fevral kuni "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabardagi  Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan “Prezident Murojaatnomasida – yoshlar masalasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R. Arziyev va Andijon mashinasozlik instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi I. Ermatovlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan kafedra mudiri, f.f.n. dos. P. Qulmatov, kafedra katta o‘qituvchisi K. Fayzullayeva, o‘qituvchilardan J. Axmedov, M. Tojiboyev va X. Xidirovlar hamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R. Arziyev va Andijon mashinasozlik instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi I. Ermatovlar so‘zga chiqdilar. Ular o‘z so‘zlarida Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada aks etgan masalalar, har bir ustuvor yo‘nalish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlarni o‘z fikr-mulohazalarida ta’kidlab o‘tishdilar. Tadbir yakunida talabalar tomonidan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan "Harakatlar strategiyasi" va Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga  yo‘llangan Murojaatnoma yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online