Bugun, 2-aprel kuni Jizzax politexnika institutining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori S. O. Eshbekova institutning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda S. Eshbekova institutda olib borilayotgan ishlar, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga to’xtalib, talabalar oldidagi vazifalar, ular tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar haqida alohida tushuntirishlar berdi. Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda talabalar savollar berish bilan birga, o’z takliflari, fikr va mulohazalarini ham bildirdilar. Uchrashuv davomida institut rahbariyati talabalarning sifatli bilim olishlari uchun doimo harakatda ekanligi ta'kidlab o'tildi.