...

30 Apr

Qo‘shma ta’lim dasturi talabalari ishtirokida “Zukko kitobxon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim talabalari ishtirokida “Zukko kitobxon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida “Beshta muhim tashabbus” qabul qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 12-aprelda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan 26-sonli yig‘ilish bayonining 7-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ni tashkil etish doirasida, Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim talabalari ishtirokida “Zukko kitobxon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda bo‘lim talabalaridan tarkib topgan uchta: “Zukkolar”, “Topqirlar” va “Bilimdonlar” jamoalari ishtirok etdi va 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Birinchi shart “Men sevgan asar” sharti bo‘lib, bunda har bir jamoadan bir nafar talaba o‘zining eng sevib o‘qigan asari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ikkinchi shartda esa tanlab olingan asarlardan 5 tadan savollar tuzilib, jamoalarga tarqatildi va har bir jamoadan bir nafar talaba ushbu savollarga javob berib bordi.

Uchinchi shart “Bahru-bayt” sharti bo‘lib, bunda talabalar o‘zlarining yoqtirgan she’rlari bo‘yicha qizgʻin bahs olib bordilar.

Tadbir natijalariga ko‘ra jami 26 ball bilan “Zukkolar” jamoasi birinchi o‘rinni,

25 ball bilan “Topqirlar” jamoasi ikkinchi o‘rinni,

24 ball bilan “Bilimdonlar” jamoasi uchinchi o‘rinni qoʼlga kiritdi.

Tadbir so‘ngida bo‘lim boshlig‘i B.Qo‘ziyev tomonidan tadbir ishtirokchilariga faxriy yorliqlar va kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari topshirildi.