• Ijtimoiy tarmoqda "Talabalar ko‘chat olib kelishlari kerak" mazmunidagi xabar tarqatildi.
  • Jizzax politexnika instituti ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
  • Daraxt ekib, bog‘ yaratish azaliy qadriyatlarimizdan biri.
  • Ma’lumki, yurtimiz bo‘ylab yashil olamni saqlash va kengaytirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Jizzax politexnika instituti ham mazkur jarayonda hududni ko‘kalamzorlashtirish masalasini nazardan chetda qoldirmadi. Bu kabi tadbirlarni tashkil etishda esa albatta ma’sullarning hamda ko‘ngilli insonlarning mehnati tahsinga loyiq.
  • Yuqoridagi holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, institut ma’muriyati tomonidan talabalarni ko‘chat olib kelishga majburlash bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan bo‘lib, bu kabi ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, daraxt ko‘chatlarini ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etishni xohlagan ko‘ngilli talabalardan esa haftaning dushanba kunida ko‘chatlarini olib kelishlari so‘ralgan.
  • Talabalardan bu kabi holatlarda avvalo, fakultet dekaniga yoki institut ma’muriyatiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
  • Ayni paytda institut ma’muriyati tomonidan holat to‘liq nazoratga olinganligi alohida ta’kidlab o‘tamiz.