Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” doirasida 21-mart Navro’z bayrami munosabati bilan 17-mart kuni “Milliy o’yinlar - salomatlik garovi” shiori ostida Rektor kubogi tashkil etildi. Musobaqa 7 ta fakultet hamda qo’shma ta’lim dasturi talabalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Musobaqa arqon tortish, tosh ko’tarish va qirqtosh milliy xalq o’yinlari bo’yicha talabalar bahslashdilar. Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalar o’rtasida milliy xalq o’yinlar qadryatini oshirish. Musobaqa “Jismoniy tarbiya” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan holisona baholandi. Musobaqa natijalari quyidagicha: Arqon tortish bo’yicha (qizlar): I-o’rin: Servis fakulteti II-o’rin: Arxitektura fakulteti Qirqtosh o’yini (qizlar): I-o’rin: Servis fakulteti II-o’rin Kimyo texnologiya fakulteti III-o’rin Sanoat texnologiyalar fakulteti Qirqtosh o’yini (yigitlar): I-o’rin: Transport fakulteti II-o’rin: Arxitektura fakulteti III-o’rin: Kimyo texnologiya fakulteti Tosh ko’tarish (yigitlar): I-o’rin: Sanoat texnologiyalar fakulteti II-o’rin: Transport fakulteti III-o’rin: Kimyo texnologiyalar fakulteti Arqon tortish (yigitlar): I-o’rin: QMB va KICH fakulteti II-o’rin: Sanoat texnologiyalari fakulteti III-o’rin: 2+2 qo’shma ta’lim dasturi Bo’lib o’tgan musobaqada fakultet talabalari munosib taqdirlandilar.