O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-sonli qaroriga muvofiq, Jizzax politexnika instituti rektori tomonidan talabalar o’rtasida sportning kurash turi bo’yicha 22-24 fevral kunlari “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etilmoqda.

Ushbu musobaqa g’oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar va mart oyida bo’lib o’tadigan “Vazir kubogi” musobaqasida ishtirok etish uchun yo’llanma qo’lga kiritadilar. Eslatib oʼtamiz, "Vazir kubogi" musobaqasi Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

Vazn toifalari: Erkaklar: 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg Ayollar: 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, +87 kg

Tanlov borasida “Jismoniy tarbiya” kafedrasiga murojaat qilishingizni so’raymiz.  Tel:  +998973251045

Eslatib oʼtamiz, mazkur musobaqaning ta’lim muassasasi – “Rektor kubogi” bosqichi 15-25 fevral kunlari, hududiy saralash bosqichi 1-10 mart kunlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online