Jizzax politexnika instituti konferensiya zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganining 30 yilligini tantanali nishonlash maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulovning institut akademik litseyi iqtidorli o‘quvchi-yoshlari, litsey jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o'tdi. Tadbirni akademik litsey direktori M.Gʻoziyeva boshqarib bordi. Joriy yil davomida fan, sport va olimpiadalarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda Jizzax politexnika institutining "Rektor stipendiyasi" uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan 10 nafar iqtidorli o‘quvchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘quvchi-yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berish asnosida rektor tomonidan eng yaxshi savol muallifi alohida rag‘batlantirildi.