⚡️Respublika OTMga o’qishni ko’chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
🔘 2021/2022 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro’yxatdan o’tkaziladi:
➡️ respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➡️ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan – “transfer.dtm.uz”.
▶️ Ushbu elektron  “transfer.edu.uz” tizimi orqali arizalarni qabul qilish boshlandi.
⚠️ transfer.dtm.uz orqali arizalarni 15 iyul 22.00 dan boshlab ro’yxatdan o’tish imkoniyati yaratiladi. ——— Manbaa: 👉 edu.uz