
- 2021-02-16 17:16:45
“Sambhram” instituti vakillarining Jizzax politexnika institutiga tashrifi
Bugun, 16-fevral kuni Jizzax politexnika institutiga “Sambhram” instituti vakillari tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlarni institut rektori A. Usmankulov qabul qilib, ularni institut haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdi.
Shundang so‘ng mehmonlar institutga olib kelingan zamonaviy laboratoriyalar bilan tanishishdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Jizzax politexnika instituti A-binosi majlislar zalida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi hamda informatsion texnologiyalar sohasida o‘zaro fikr almashishdi. Uchrashuvda Jizzax politexnika instituti rektori boshchiligida institut xodimlari hamda “Sambhram” guruhining rasi Dr. Nagraj Venkatesh, institut dekani Dr. Chandrakanth Hanumae Gowda va xalqaro alyanslar maslahatchi Naga Subramanian Srnivasan ishtirok etdi. Uchrashuvda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.






