Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, shu bilan birga, Oʼzbekistonda ayollar sportini tubdan takomillashtirish, sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz sonini tobora oshirish, endilikda ularning nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham ishtirok etishlarini taʼminlash va bu kabi ko‘plab sport turlarini yaxshilash bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish besh ustuvor tashabbusda ham belgilab qoʻyilgan. Shu munosabat bilan Sanoat texnologiyalari fakultetining dekan muovini J.Shamshiyev, Jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o'qituvchilari X.Abduvaliyev va A.Berdanovlar Do'stlik tumanidagi 11-IDUMda madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etdilar. Tadbirda Do'stlik tumanidagi 11-IDUM va 4-IDUM direktorlari, Qahramon QFYning uyushmagan yoshlari va Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti dekanati va talaba-qizlari hamkorligida “REKTOR KUBOGI” doirasida, sportning Voleybol, Shaxmat va Shashka turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Bundan tashqari tashrif chogʻida professor-o'qituvchilar maktabdagi sharoitlar, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, faoliyat olib borayotgan to‘garaklar hamda sport to‘garaklari bilan tanishib chiqishdi va o‘quvchilarni maktabni bitirgandan soʻng kelgusida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, kelajakda yetuk kadrlar boʼlib yetishishlarida muvaffaqiyat tilashdi. Tadbir soʼngida musobaqa g'oliblariga birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Sportning Voleybol turi bo’yicha boʼlib oʻtgan musobaqada Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi 1-o’rinni, Do‘stlik tumanidagi 11-IDUM 2-o’rinni, 4-IDUM esa 3-o’rinni, Qahramon QFYning uyushmagan yoshlari jamoasi 4-o’rinni egallashdi.