O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4391-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida Jizzax viloyati Innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “INNO-DAY” iqtidorli yoshlar ilmiy-innovatsion tanlovi hamda "Talaba-yoshlar bandligini ta'minlash” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tmoqda.