Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida,

Sanoat texnologiyalari fakultetida fakultet dekani, dekan o'rinbosarlari va tyutorlar boshchiligida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va "Zakovat" intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining amaldagi ijrosini taʼminlash maqsadida ham fakultet tyutorlari o'zlariga biriktirilgan: Progress, Oligarx, Error-404, Renessans, Akademik, Lider texnologlar, Bilimdonlar va Omad jamoalari bilan ishtirok etdilar.

O'yinda 8 ta jamoaning eng bilimdon a’zolari ishtirok etishdi va ularga tezkor savollar berildi.

Tashkil etilgan bellashuvdan talabalarning kayfiyati yana ham ko'tarildi.

Talaba-yoshlar orasida bunday intellektual turnirlarni tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan shu kabi koʻplab tadbirlar, kelajakda ularning tarbiyasiga va o‘zlari qiziqadigan kasblarni egallashiga muhim omil boʻlib xizmat qiladi.