Tadbirda Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani I.Abbazov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari J.Shamshiyev, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni fakultet dekani I.Abbazov kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zida 30-iyun – Yoshlarni kuni bilan barcha talaba-yoshlarni tabriklab, ularga kelgusi o’qish va ishlarida omad tiladi hamda yoshlarni ilm yo’lida xorib tolmasdan yurishlarini aytib o'tdi.

 Shundan so’ng so’z, Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari J.Shamshiyevga berildi. U o’z so’zi avvalida barcha yoshlarni Yoshlar kuni bilan tabriklab, ularga bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yoshlarga qaratilgan davlat dasturlari hamda ularga berilayotgan imkoniyatlar haqida to’xtalib o’tdi. Ushbu berilgan imkoniyatlardan to’la qonli foydalangan holda yurtimiz kelajagi uchun munosib kadrlar bo’lib yetishishlari zarurligini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng so’zga fakulteti tyutorlari D.Aliyeva va D.Hazratqulovlar chiqdi. Ular oʼz soʻzi davomida avvalo yoshlarni bayram bilan tabrikladilar. Yoshlarga bo’sh vaqtidan unumli foydalanishlari zarurligini va har–xil g’oyalarga qo’shilib ketmasligi kerakligini aytib o’tdilar.

Shundan so’ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. badiiy qism fakultet talaba-yoshlarining she’r, qo’shiq va tabrik so’zlari bilan davom etdi. Talaba-yoshlari tomonidan qilingan chiqishlar bir-biridan qiziq va mazmunli bo’lganligi tadbir qatnashchilari tomonidan ham ta’kidlab o’tildi.