Savol: Joriy yilda o‘qishni tamomlagan Jizzax politexnika instituti talabalari diplom fayllarini qanday yuklab olishlari mumkin? Javob: Joriy yildan boshlab OTMlarda "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" axborot tizimi joriy etilmoqda. Ushbu axborot tizimi orqali talaba tomonidan diplom fayllarini yuklab olishning ikkita yo‘li mavjud: 1) Agar talabaga personal kabinet ochilib unga login va paroli berilgan bo‘lsa u holda talaba o‘z personal kabinetidagi Talaba ma’lumoti / Diplom ma’lumoti menyusi orqali diplom faylini yuklab olishi mumkin. 2) Login va paroli bo‘lmagan talabalar uchun har bir OTM tizimining talaba qismida alohida havola ochilgan, masalan: Jizzax politexnika instituti http://student.jizpi.uz/dashboard/ Talaba shu havolaga kirib fuqarolik pasportidagi yoki ID-kartasida ko‘rsatilgan JSHSHIR (https://t.me/Talabalar_kanali/9636)-kodini kiritish orqali diplom faylini yuklab olishi mumkin.