Bugun, 1-aprel kuni "Transport" fakulteti "Xorijiy tillar" kafedrasi ingliz tili o'qituvchilari F. Xiloliddinova va A. Fayzullayevalar rahbarligida "The importance of information technologies in our life" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarga Jizzax viloyat Axborot texnologiyalari markazi direktori Dr. Parthasarthy hamda Dr. Chandra Kanth taklif etildi. Ushbu mutaxassislar tomonidan talabalarga so'nggi axborot texnologiyalari haqida ingliz tilida seminar trening o'tildi. Seminarda Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor S. Tavboyev, Transport fakulteti dekani N. Saidahmedova, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti dekani o'rinbosari N. Xudoyqulov, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri B. Bazarov hamda boshqa professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi. Seminar davomida yuqoridagi fakultet hamda qo'shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tomonidan IT bo'yicha prezentatsiya namoyish etildi. Seminar so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasislardan kerakli hamda foydali javoblarni olishdi.