Yurtimizda salkam to‘rt oydan beri davom etayotgan vaksinasiya jarayonlari virus ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Koronavirusga qarshi emlash jarayonida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham faollik ko‘rsatishmoqda. Institutda professor-o‘qituvchilar tarkibi 416 nafar bo‘lib, shu kunga qadar 300 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va xodimlar emlandilar. Ayni paytda institutda koronavirusga qarshi vaksinasiya jarayoni 3 bosqichda davom etmoqda. Siz ham albatta “COVID-19” ga qarshi emlaning. O‘zingiz hamda oila a’zolaringiz salomatligini asrang!