Bugun, 25-may kuni yurtimizning barcha umumta'lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax politexnika instituti jamoasi ishtirokida institutga biriktirilgan Zomin tumanidagi 46-maktabda bo'lib o'tdi.
Maktabga institut rektori t.f.d. prof. A. Usmankulov, "Energetika va radioelektronika" fakulteti dekani U. Yarlakabov hamda fakultet xodimlari tashrif buyurdi.
Tadbir avvalida institut rektori tomonidan Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi tadbir ishtirokchilariga yetkazildi.
Tadbirga so‘zga chiqqanlar so‘nggi vaqtlarda mamlakatning ta'lim sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritishdi.
Ilm-fan sirlarini egallab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish har bir insonning sharafli vazifasi ekanligi ta'kidlandi.
Yil davomida turli ijodiy va ma'rifiy tanlovlar, bilimlar bellashuvlarida, sport musobaqalarida faol qatnashgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tashrif davomida institut rektori stipendiyasi uchun o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblariga may oyi uchun rektor stipendiyasi topshirildi.
O‘tkazilgan bayram tadbiri yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Institut matbuot xizmati