18 Okt

- 2020-10-18 16:40:29
So'rovnomada qanday ishtirok etish mumkin?
Ma'lum qilganimizdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini an’anaviy yoki masofaviy shaklda davom ettirish maqsadida talabalar va ularning ota-ona(vasiy)lari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
👉 So'rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi manzilga kiring: http://cc.uz/166su
👉 So'rovnoma oson, ixcham va qulay qilingan. Unda ishtirok etish uchun sizdan hech qanday ortiqcha narsa talab qilinmaydi.
👉So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi, unda respondentning ism-sharifi ko‘rsatilmaydi.
© Institut matbuot xizmati