Jizzax politexnika instituti "Transport" fakulteti jamoasi fakultet dekani boshchiligida Forish tumanidagi 8-o'rta maktabning iqtidorli o'quvchilariga "Rektor stipendiyasi"ni topshirdilar. Transport fakulteti va maktab ma'muriyati hamkorligida mazkur maktabning kelgusidagi reytingini yuqori pog'onalarga olib chiqish bo'yicha qilinadigan ishlar belgilab olindi. Maktab jamoasi va oʼquvchilar institut hamda fakultet tomonidan olib borilayotgan ishlarni ko'tarinki ruhda qabul qilib, ishonch bildirdilar. Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online