...

30 Yan

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Jizzax politexnika institutiga xususiy tashabbuskor “BEST KONTINENTAL” XK tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Jizzax politexnika instituti 3-o‘quv binosi (0,3 gektar) hududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1) Loyiha konsepsiyasi
2) Loyiha haqida ma’lumot
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 9-martga qadar “Qiziqish bildirish shakli”  ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
Jizzax politexnika instituti: Sharof Rashidov tumani, Toqchilik MFY, Talabalar koʻchasi 15-uy.
E-mail: dgpi_info@edu.uz, Telefon raqami: +998(72) 226-46-05; (97) 328-77-73.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.
E-mail: devonxona@edu.uz, Telefon raqami: 71 203-32-23;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy.
E-mail: Alisher.Normurodov@imv.uz, Tel. raqami:  71 203-50-50 (01936).
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.