#Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber!   2021-yil 14-oktabr kuni Jizzax politexnika institutida "Talaba-yoshlar va saylov" talabalar forumi doirasida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida gala konsert bo'lib o'tdi. Viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarida kun davomida bo’lib o’tgan "Talaba-yoshlar va saylov" talabalar forumi haqida bir necha marotaba xabar berdik: Jizzax politexnika institutida "Talaba-yoshlar va saylov" talabalar forumi doirasidagi tadbirlar ushbu uchrashuv bilan boshlandi . Forumining ikkinchi qismi “Saylov mening nigohimda” ko‘rik-tanlovi bilan davom etdi. Kunning ikkinchi yarmida Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida viloyat adliya boshqarmasi rahbarlari bilan brifing bo'lib o'tdi . Shuning bilan,"Talaba-yoshlar va saylov" talabalar forumiga “Saylov-2021:Kelajaging uchun ovoz ber” gala konserti yakun yasadi. Gala konsertda Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi tashabbusi bilan "Saylov 2021: Kelajaging uchun ovoz ber" shiori ostida harakatlanayotgan targ’ibot guruhi vakillari, Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Konsert doirasida targ’ibot guruhi vakillari hamda oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli talabalar о‘z ijodiy chiqishlari bilan talaba-yoshlarni bahramand qildilar. Talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy qо‘shiqlar va raqslar konsertga о‘zgacha kо‘rk bag‘ishladi. Konsert dasturi yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. Batafsil: 👉 https://telegra.ph/14-10-15-7