O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-martdagi 94-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyi ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Ishchi guruhi tarkibida Namangan davlat universiteti birinchi prorektori N.Dehqonov, Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori O. Jakbarov, Namangan muhandislik-texnologiya instituti birinchi prorektori M.Qayumovlar bo'lib, talabalar turar joyida ijtimoiy-ma’naviy muhit, yaratilgan sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularga zarur bo’lgan qo’shimcha shart-sharoitlarning yaratilganligi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ishchi guruh a'zolari tomonidan talabalar turar joyida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ularni qiynayotgan muammolar va ularning kayfiyatlari o'rganildi.