Jizzax politexnika institutida "Kino-teatr" haftaligi munosabati bilan "Transport" fakultetida "Buxoriylar" kinostudiya tomonidan tasvirga olingan “Sumbul” nomli badiiy film fakultet talaba-yoshlariga namoyish etildi. Jizzax politexnika institutida "Kino-teatr" haftaligi davom etmoqda. "Buxoriylar" kinostudiyasi tomonidan tasvirga olingan “Sumbul” nomli badiiy film kunning ikkinchi yarimida institut A binosi madaniyat saroyida "Arxitektura va qurilish" fakulteti talaba-yoshlariga namoyish etildi. "Energetika va radioelektronika” fakulteti talabalariga namoyish etilgan film «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan boʼlib, filmda bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar, turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Batafsil: 👉 https://telegra.ph/Tengiz-nomli-film-namoyish-etildi-03-31 "Servis" fakulteti talaba-yoshlariga "O‘zbekfilm" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan "Isnod" nomli badiiy film namoyish qilindi. Film voqealari uchta yosh qizlarning ayanchli taqdiri haqida boʼlib, filmda OITS va odam savdosiga qarshi kurashish g‘oyasi asosiy o‘rinni egallaydi. Batafsil: 👉 https://telegra.ph/Isnod-nomli-badiiy-film-namoyish-qilindi-03-31 «Kimyoviy texnologiya» fakulteti talaba-yoshlariga «O‘zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Farhodning jasorati» nomli badiiy filmi namoyish qilindi. Ushbu filmda ikkinchi jahon urushi yillarida haqiqiy o‘zbek o‘g‘lonining ko‘rsatgan mardligi va qahramonligini koʼrsatib berilgan.