Hello

Talabalarimiz Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdirlandi

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodhonligini oshirish hamda yoshlar huquqlarini himoya qilish, yoshlarga berilayotgan imtiyozli kreditlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yuzasidan joylarda «Vatan taqdiri mening taqdirimda» mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Xususan ushbu seminar-treninglar Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda ham tashkil etilib, seminarda faol ishtirok etgan institutning bakalavr bosqichi talabasi Bunyod Qarshiboyev hamda 1-bosqich magistranti Jahongir Tulakovlar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdirlandilar.