#Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber!   Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. Avval xabar berganimizdek , “Targ‘ibot poyezdi” dastlab 13-oktabr kuni Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurgan edi. Bugun, 16-oktabr kuni "Targ‘ibot poyezdi" loyihasi doirasida Toshkent shahridan kelgan targ‘ibot guruhi a’zolarining institutimiz talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda targ‘ibot guruhi a’zolari, Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi o'qituvchisi B.Muqumov, Toshkent davlat yuridik universiteti 2-kurs talabasi S.Samiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi A.Abdukarimov, Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi S.Tilavova, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-kurs talabasi D.Toshtemirova, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-kurs talabasi M.Xolboyeva, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2-kurs talabasi U.Toshqulov, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2-kurs talabasi X.Komilov, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti 4-kurs talabasi D.Oltiboyev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs talabasi K.Suyarov, Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani I.Abbazov, fakultet xodimlari, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuvning birinchi qismida so’zga chiqqanlar tomonidan saylov komissiyalari faoliyati, saylov qonunchiligi, siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtiroki qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi xususida batafsil ma'lumot berildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvning ikkichi qismi talabalarining saylovga oid bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan savol-javob tarzida bo’lib o’tdi. Uchrashuvning yakuniy qismini ko'tarinki kayfiyat bilan madaniy-ko'ngilochar dasturlar davom ettirdi. “Targʻibot poyezdi” aʼzolari tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar tadbirga yakun yasadi. Siyosiy jarayonda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar davom etadi. Batafsil: 👉 https://telegra.ph/16-10-16-2