Termiz davlat universiteti va Jizzax politexnika institutlari o'rtasida "Intellektual transport tizimlari" magistratura mutaxassisligi doirasida Akademik mobillik dasturini amalga oshirish to'g'risida o'zaro hamkorlik memorandumi tuzildi. Dasturning asosiy maqsadi: ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasida mavjud texnologiyalar va tajribalar almashinuvini rivojlantirish borasida 6 oy mobaynida Termiz Davlat universiteti magistratura talabalariga Jizzax politexnika instituti professor-o'qituvchilari tomonidan nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Bundan tashqari, Respublikamizning o'rta va yirik shaharlarida (30 ta) jamoat transpoti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish borasidagi ilmiy izlanishlarda kelgusida hamkorlikda ishlash rejalashtirilgan.