📌 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi (https://dtm.uz/page/maydon_2021).

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Stadion yoki xiyobonning rasmi;

🔹 Hududga kirish joylari;

🔹 Stadion yoki xiyobon nomi;

🔹 Stadion yoki xiyobon manzili;

🔹 Sektor raqami;

🔹 Test topshiradigan guruhlar;

🔹 Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

---------------

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:

👉 maydon_2021

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.