...

11 Avg

Texnikumlar bitiruvchilari bilan suhbat oʻtkazilmoqda.

Jizzax politexnika instituti qabul komissiyasi mas’ul xodimlari tomonidan texnikumlar bitiruvchilari bilan suhbat oʻtkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5812-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi №17-sonli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom etirish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, institutning 60710400 – “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga texnikumlardan ariza topshirgan bitiruvchilar bilan qabul komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkazildi.

11