06 Yan
Qo‘shni qardosh qo‘shni davlatimiz Qozog‘istondagi so‘nggi kunlardagi bo‘lib o‘tgan chetdan turib puxta o‘ylab uyushtirilgan provakatsion voqealarni kuzatib shunday xulosaga keldimki, musaffo yurtimizdagi xalqimiz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibotga bag‘ishlangan milliy ma’naviy merosimiz bor. Ularning barchasida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib qilinadi, urush esa batamom qoralanadi. Zero, tinchligi buzilgan kichik bir xonadon ham, katta bir mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Qariyalarimiz duolarining debochasi ham “..tinchlik-xotirjamlik, xayru barakasini bersin» niyati bilan boshlanadi.
Tinchlikni har kim har xil tushunadi. Kimdir butun olam tinchligini tushunsa, kimdir yurtining tinchligini tushunadi, yana kimdir shahri, qishlog‘i, mahallasi yoki oilasi tinchligini tushunadi. Yana kimlardir esa faqat o‘zining tinchligini tushunadi. Ming afsuslar bo‘lsin, ayrim nokas kimsalar katta-katta fitnalarni qo‘zg‘ab vayronagarchilik, zulm va zo‘ravonlik bilan tinch aholini qo‘rquvga solib, minglab oilalarni parokanda qilib, qanchadan qancha shahar va qishloqlarni barbod etishmoqda, begunoh insonlarni nohaq o‘limiga sababchi bo‘lishmoqda.
Tadqiqotchilarning aytishicha, ana shunday qirg‘inbarotlardan vayron bo‘lgan davlatlar yana qayta tiklanishi uchun qariyb bir asr vaqt kerak bo‘lar ekan. Bu o‘rtacha ikki insonning hayoti demakdir. Bu qanday dahshat va ayanchli!
Shunday ekan biz tinch va osoyishta mustaqil diyorda yashayotganimizga behad shukrona aytib, bu tinchlikdek buyuk ne’matning qadriga yetishimiz lozim bo‘ladi.
Qayd etilganlardan bugungi tahlikali zamonning o‘zi voqelikka hushyorlik, teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashni, dunyoda kuchayib borayotgan xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli saboq olib yashashni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ongi va shuurida murakkab va tahlikali dunyo, mintaqada ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida biryoqlama va noxolis tasavvurlar shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur sanaladi.
Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Shamshiyev Ja’far
- 2022-01-06 18:10:08
- 07
Tinchlik – bebaho ne'mat, uni asrashimiz kerak!
ADMIN
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Sed cursus sollicitu- din odio, eu tempor velit pellentesque et Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium laudantium,
Leave comments
Your email address will not be published.
3 Comments
Mahfuza
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Sed cursus sol- licitudin odio, eu tempor velit pellentesque et Sed ut perspiciatis
Asfia
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Sed cursus sollicitudin odio, eu tempor velit et Sedtis
Rashida
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Sed cursus sol- licitudin odio, eu tempor velit pellentesque et Sed ut perspiciatis