Toshkent transport universiteti professori, texnika fanlari doktori Bazarov Baxtiyor Imamovich Jizzax politexnika instituti “Transport” fakulteti “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida 101-18, 102-18 va 103-18 guruh talabalariga master-klass darslari o’tildi. Dars mashg’uloti davomida talabalar tomonidan berilgan barcha ilmiy savollarga javob berildi.
Shuningdek, professor B.I.Bazarov ishtirokida kafedra magistranlari bilan ham davra suhbati tashkil qilinib, suhbat ilmiy munozaralarga boy tarzda olib borildi.
Professor B.I.Bazarov ilmiy rahbarligida kafedrada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar Sh.Suvonqulov va N.Odilovlarning ilmiy ishlarini eksperiment qismi bo’yicha ilmiy tavsiyalar berib o’tildi.