Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va hozirda viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, odamlarni oʻylantirayotgan muammolar, sektorlar tizimida mahallabay ishlash tizimi asosida “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida, Transport fakulteti dekani S.Jiyanbayev hamda yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G.Soatova birgalikda Jizzax shaharida joylashgan Uchariq MFYga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida MFY raisi H.Azimov, hokim yordamchisi S.Silliyev, Yoshlar yetakchisi B.Musurmonov hamda O’ratepalik mahalla profilaktika inspektori kapitan L.Boynazarovlar bilan mahallada kelgusida olib boriladigan reja va ishlar to’g’risida suhbatlashishdi. Zero, bugungi kunda “tepadan-pastga” tamoyili asosida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar mexanizmida mahallaning o'rni va ahamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, fuqarolar yig'inlari raislarining jarayonlar markazida bo'lishi, mahallasidagi mavjud muammolarni eng muhim masala sifatida mahalliy hokimliklar oldiga qo'yishi bo'yicha yangi amaliyot tizimi yaratilmoqda.