Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari Botir Uzoqov, Baxti Rashidova va Jalol Axmedovlar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan bevosita muloqot qildilar. Jumladan, Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning borish jarayoni hamda 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun- mohiyati talabalarga yetkazildi. Shuningdek, hozirgi kunda dunyoda ro'y berayotgan ahvol haqida talabalarga tushuncha berildi va ularning savollariga javoblar qaytarildi, shu bilan birga institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning ishlashi, tahsil olishi, bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Shuning barobarida darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan ta'minlanishi va ularning bilim salohiyatini yanada rivojlantirish bo'yicha kerakli maslahatlar berildi. Davra suhbati so'nggida talabalar xonalariga tashrif buyurilib, ularning kitobxonlik darajasi o'rganildi. Talabalar bilan suhbat bevosita erkin muloqot tarzida bo'lib o'tdi.