Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan, "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" degan ezg‘u g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Eng ulug‘, eng aziz" an’anaviy ko‘rik-tanlovi g‘olib va savrindorlari taqdirlandi. Joriy yilda mazkur ko‘rik tanlovning saralash bosqichlarida 50 nafar ijodkorlar, o‘zlarining 300 dan ortiq ijodiy materillari bilan ishtirok etishdi. Viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan bayram tadbirida yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari, ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari, tasviriy san’at, foto asarlar va dizayn ishlari, san’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandilar. Ushbu tadbirda Jizzax politexnika institutining xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham munosib ishtirok etdi.