Jizzax viloyati Ekologik partiyasi tashabbusi asosida 1-aprel "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan O'rda ekologik bog'ida "Samolarda quchgin samoni" deb nomlangan ekologik aksiya tashkil etildi. Tadbirda maktab o'quvchilari, partiya faollari, institutning "Kimyoviy texnologiya" fakulteti "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi talabalari faol ishtirok etdi. Talabalar qushlarni himoya qilish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir yakunida faol o‘quvchi-yoshlar partiyaning estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.