Bugun, 16 fevral kuni Jizzax politexnika institutiga Toshkent shahrida joylashgan AQSHning American Council (Amerika Kengashi) direktori Uilyam O’Roark va uning O‘zbekistonlik jamoadoshlari Malika Mo‘ydinova hamda Muzaffar Nabixudjayevlar tashrif buyurdilar. Ular dastlab institut rektori A. Usmankulov boshchiligida instituti xodimlari bilan uchrashuvda ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida tomonlar o’zaro ma’lumot almashishdi, institut haqidagi videoroliklar namoyish qilindi. Shundan so‘ng Jizzax politexnika instituti A-binosi majlislar zalida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Toshkentda joylashgan AQSHning American Council (Amerika Kengashi) direktori Uilyam O’Roark va uning O‘zbekistonlik jamoadoshlari tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda Jizzax politexnika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S. Tavboyev, "Xalqaro aloqalar" bo'limi boshlig'i U. Mirzayev, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri B. Bozorov va kafedraning professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Tashkil etilgan seminarda AQSHda ta’lim olish, malaka oshirish, stajirovka hamda treninglar o‘tashga mo‘ljallangan turli dasturlar va loyihalar haqida institutning talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari tanishtirildi. Jumladan, UniCEN, Flex, UBL, American Windows, US-CAEF program, FEP (Faculty Enrichment Program), Professional Internship Program, Programs for English teachers, STEM kabi ta’lim dasturlari va loyihalari haqida batafsil ma'lumot berildi. Ushbu dasturlar va grantlar bevosita bakalavriat, magistratura talabalari, shuningdek, biznes va boshqaruvni tushunish, o‘zlashtirishni, AQSHning nufuzli davlatlarida malaka oshirish hamda ta’lim olishni istaganlar uchun mo‘ljallangan ekanligi tushuntirib berildi. Seminar yakunida talaba va professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.     Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online