Bugun, 12 -aprel Jizzax viloyati xalq ta'limiga qarashli 29-sonli mehribonlik uyiga Jizzax politexnika instituti "Arxitektura va qurilish" fakulteti 231-18 A guruhi hamda "Transport" fakulteti 115-20 YM guruhi talabalari "Xorijiy tillar" kafedrasi o'qituvchisi Xodjayeva Mahliyo boshchiligida tashrif buyurishdi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ingliz tiliga doir har xil o'quv qo'llanmalar va o'yinchoqlar hayriya tariqasida topshirildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi yoshlari Jizzax politexnika instituti haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollariga tashrif buyurganlar tomonidan javob oldilar.