...

22 Sen

Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-sentabrdagi 02/02-02/2-98-sonli xati bo‘yicha “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga alohida etibor qaratilishi va 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bolalar va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 1-bandida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida, “Bilimlar kuni”da oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan darslar o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan darslar “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Joriy o‘quv yilining o‘tgan davri mobaynida Huquqiy savodxonlik oyligi doirasida “Transport” fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  tomonidan Arxitektura, Transport, Servis, Sanoat texnologiyalari fakultetlariga  “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari”  mavzusida dars mashg‘ulotlari olib borildi. Jumladan dots. A.Ro‘ziyev tomonidan 201-202-203-204-22 B va IQ guruh talabalariga 4-o‘quv zalida, dots. P.Qulmatov tomonidan 541-542-543-421-21 guruh talabalariga 5- zalda, katta o‘qituvchi Z.Yodgorov tomonidan 710-21, 702-21, 703-21 guruh talabalariga 3-o‘quv zalida, dots. X.Xidirov tomonidan 401-402-23 guruh talabalariga 4-o‘quv zalida, J.Axmedov tomonidan 421-431-23 guruh talabalariga 4-o‘quv zalida, M.Obilqosimov tomonidan 521-551-23 guruh talabalariga 6-o‘quv zalida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dars mobaynida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatli xususiyatlari va inson huquqlari garovining bosh omili ekanligi ta’kidalanib, inson huquqlari doirasida olib borilayotgan islohotlarning asosi “Yangi O‘zbekiston” ekanligi talabalarga ma’ruzalar va slaydlar orqali tushuntirildi.