Bugun, 16-aprel kuni Jizzax politexnika institutida «Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya» Respublika kino majmuaviy tadbirlari haftaligi doirasida kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Respublika kinoprokat markazi direktori, tarix fanlari doktori, kinoshunos Barno Oʼrinboyeva, aktyor Xurshid Toʼxtayev hamda Shuhrat Egamberdiyev, Jizzax politexnika institutining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Sanobar Eshbekovalar ishtirok etdi.
Taniqli kinoijodkorlar bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda, professor-oʼqituvchilar hamda talabalar bilan o‘zbek kino sanʼati tarixi va bugungi kuni bo‘yicha muloqot uyushtirildi.
Uchrashuv so‘nggida tarixiy-badiiy film namoyish etildi.